O‘zbekiston | 08:50 / 10.06.2016
5200
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Estoniya tashqi ishlar vazirliklari maslahatlashuvlar o‘tkazdi

8-9 iyun kunlari Tallin shahrida O‘zbekiston-Estoniya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati. Estoniya Respublikasi delegatsiyasiga Tashqi ishlar vazirligining siyosiy masalalar bo‘yicha vitse-kansleri Kyullike Sillaste-Elling boshchilik qildi.

O‘zbekiston-Yevroittifoq shaklidagi, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni o‘z ichiga olgan ikki tomonlama munosabatlar mujmui yuzasidan batafsil muloqot bo‘lib o‘tdi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning holati va uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari batafsil muhokama qilindi. O‘zbekiston va Estoniya uchun ustuvor hisoblanadigan sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun ikkala tomonda ham ulkan salohiyat borligini nazarda tutgan holda ko‘p sohalardagi aloqalarni oshirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.

Maslahatlashuvlar davomida hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Tallin shahiga tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Estoniya tashqi ishlar vaziri Marina Kalyurand bilan uchrashuv hamda Sayohat va turizm assotsiyatsiyasida muzokaralar o‘tkazdi.