18:48 / 10.06.2016
4077

O‘zbekistonlik yengil atletikachi Leonid Andreyev Rio-2016 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Andreyev V.V ning o‘g‘li Leonid Andreyev 2016 yil bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiyada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining ma'lum qilishicha, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Andreyev V.V xotirasiga o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionatida uning o‘g‘li Leonid Andreyev o‘nkurash bahslarida 8250 ochko to‘pladi. Shu tariqa Andreyev XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Top