Jahon | 12:42 / 10.06.2016
7803
1 daqiqa o‘qiladi

Vashington Obama ketguniga qadar Minsk shartnomasi bajarilishiga umid qilmoqda

AQSh prezidenti Barak Obama 2017 yilning yanvarida o‘z postini tark etadi. U ana shu muddatgacha Minsk kelishuvining shartlari bajarilishiga umid qilmoqda, dedi prezident maslahatchisi Syuzan Rays.

“Agar Rossiya yetralicha ravishda siyosiy iroda ko‘rsata olsa, bu kelishuvga amal qilish bugundan to prezident o‘z postini tark etgunga qadar bo‘lgan davrda bajarilishi kerak”, - dedi Rays Washington Post nashriga intervyu berar ekan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu shartnoma kelishuvlariga amal qilish uchun vaqt, manba va zarur qurilmalar yetarli. Rays, shuningdek, AQSh Moskva bilan har kuni turli sohalar masalasida aloqaga chiqib turgani haqida ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish