Jahon | 08:22 / 11.06.2016
6599
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh senati Rossiyaning 18 ta raketa dvigatelini sotib olishga rozi bo‘ldi

AQSh senati 10 iyunda Rossiyada ishlab chiqariladigan RD-180 raketa dvigatellarini sotib olishni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Sputnik axborot agentligiga senator Richard Shelbi ma'lum qildi.

"Biz bu masala bo‘yicha kelishib oldik", deb aytdi Shelbi va bitim 2022 yilgacha davom etib, 18 ta dvigatelni sotib olishni ko‘zda tutishini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq "Roskosmos" davlat korporatsiyasiga qarashli "Energomash" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh muhandisi Vladimir Chvanov uning korxonasi AQShga raketa dvigatellarini yetkazib berishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh kongressi 2019 yildan keyin harbiy maqsadlarda RD-180 dvigatellaridan foydalanishni taqiqlagandi. Bu qaror Rossiya tomonidan 2014 yilda Qrim qo‘shib olingandan keyin qabul qilingan. Biroq 2015 yil dekabrda kuchga kirgan va 2016 yil oktabrigacha davom etadigan AQShning yangi byudjyet qonunida dvigatellar sotib olishga taqiqlov bekor qilingan.