Jahon | 09:44 / 11.06.2016
7382
2 daqiqa o‘qiladi

AQShlik admirallar harbiy-dengiz kuchlari sirlarini sotishda ayblanmoqda

AQSh harbiy-dengiz kuchlarining 30 nafar admirali korruptsion sxemada ishtirok etgani ma'lum bo‘ldi. Ularning bu qilmishlari AQSh byudjyetiga bir necha o‘n million dollar zarar keltirgan.   

Aniqlanishicha, AQSh HDK admirali Robert Gilbo byudjyetdan bir necha o‘n million dollar o‘g‘rilanishi va pora olish bo‘yicha ishni tergov qilayotgan federal hokimiyatni aldab yurgan. Avvalroq Gilbo bu jinoyatlarda ayblanayotgan malayziyalik pudratchi Leonard Glenn Frensis bilan taniq emasligini aytgan.

Biroq 9 iyunda San-Diyegoda o‘tgan dastlabki sud jarayonida Gilbo sud hakamiga unga qo‘yilayotgan jinoyatlarda aybdorligini tan oldi. Admiral "Semiz Leonard" laqabi bilan ma'lum bo‘lgan Leonard Frensis AQSh HDKning yuqori lavozimdagi amaldorlariga poralar bergani, ular uchun qimmatbaho mehmonxonalarda xonalar bronlagani va yana boshqa xizmatlar ko‘rsatganini aytgandan keyin o‘z aybini tan olishiga to‘g‘ri keldi. Malayziyalik biznesmen bu xizmatlari uchun maxfiy ma'lumotlar olib turgan, bu ma'lumotlar unga Osiyoda mudofaa buyurtmalarini olishga imkon bergan. Umumiy hisobda tergov ostiga 200 ga yaqin kishi tushdi, ulardan 30 nafari admirallar hisoblanadi.

Bundan tashqari, "Semiz Leonard" kompaniyasi 20 yillar davomida harbiy dengizchilar uchun yonilg‘i va oziq-ovqat yetkazib bergan hamda AQSh HDKning Osiyodagi kemalariga aslidan yuqori narxlarda xizmat ko‘rsatgan. Sud xulosalariga ko‘ra, bu umumiy hisobda aslidan 34 mln dollar ko‘proq haq to‘lashga olib kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish