Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Al-Qoida» yetakchisi «Tolibon» rahbariga sadoqat izhor qildi
«Al-Qoida» yetakchisi Ayman az-Zavahiri «Tolibon» harakatining yangi rahbari mulla Mulavi Haybatulla Oxunzodaga sodiqlik qasamyodi qildi.
«Al-Qoida» yetakchisi sifatida men Usama bin Lodinning ishlarini davom ettirib, musulmonlarni birlashtiruvchi amirlikni qo‘llab-quvvatlayman», — deya az-Zavahirining bayonotidan iqtibos keltirgan RIA Novosti G‘arb nashrlariga asoslangan holda.
Tolibonlarning avvalgi yo‘lboshchisi mulla Axtar Mansur 21 may kuni Pokiston hududi AQSh harbiylari tomonidan dron zarbasi berilishi orqali o‘ldirilgandi.
Islomoboddagilar AQSh droni Pokiston hududida noqonuniy ravishda harakatlanganini iddao etib, norozilik bildirgan va bu harakat Afg‘onistondagi tinchlikka ta'sir ko‘rsatishini ta'kidlagan.