Sport | 01:16 / 11.06.2016
4072
1 daqiqa o‘qiladi

Buskets: "Barselona"da muhim rol o‘ynay olmasligimni anglashim bilan, undan ketaman"

"Barselona" yarimhimoyachisi Buskets jamoa bilan shartnomasining uzaytirilishi bo‘yicha kelishilganlikka izoh berdi.

Avvalroq Busketsning yangi shartnomasi 2021 yilgacha tuzilishi va o‘tazilgan uchrashuvlar miqdoridan kelib chiqib yana ikki mavsumga uzaytirilishi mumkinligi ma'lum bo‘lgandi.

"To‘g‘risini aytsam, o‘zimni 33 yoshda bo‘lishimni hatto tasavvur ham qila olmayman. Biroq bu vaqtga kelib men kuchliroq, turfaroq va yaxshi jismoniy tayyorgarlikda bo‘laman deb umid qilaman.

Albatta, jamoada muhim rol o‘ynashni istardim. Buni qila olishga qodirmasligimni anglashim bilan, o‘zim jamoani tark etaman. Har doim "Barselona" uchun eng yaxshi narsani ravo ko‘raman", deb aytdi Buskets.

Manba: tribuna.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish