Sport | 22:54 / 11.06.2016
7068
1 daqiqa o‘qiladi

Yevro-2016: Uels Slovakiyani mag‘lubiyatga uchratdi

Bugun, 11 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da Yevropa chempionati guruh bosqichi doirasida V guruhi vakillari Uels va Slovakiya terma jamoalari uchrashuvi boshlandi.

O‘yinning 10-daqiqasidayoq uelsliklar yetakchisi 25 metr masofada belgilangan jarima zarbasini golga aylantirdi - 1:0.

61-daqiqada esa maydonga tushganiga 49 soniya bo‘lgan Duda hisobni tenglashtirishga erishdi.

81-daqiqada esa britaniyaliklar hujumchisi Robson-Kanu jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi - 2:1.

O‘yinda shu hisob saqlanib qoldi.
 

Uels – Slovakiya 2:1
Gollar: 1:0 – 10 Beyl, 1:1 – 61 Duda, 2:1 – 81 Robson-Kanu.
Uels – Uord, Uilyams, Devis, Teylor, Chester, Beyl, Edvards (Ledli, 69), Uilyams (Robson-Kanu, 71), Remzi, Allen, Ganter.
Slovakiya – Kozachik, Dyuritsa, Shkrtel, Pekarik, Shvento, Gamshik, Groshovski (Duda, 60), Mak, Kutska, Vayss (Stox, 83), Dyurish (Nemets, 60).
Ogohlantirishlar: Groshovski (31), Mak (78), Vayss (80), Kutska (83).