Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quyosh batareyalaridan quvvatlanadigan Solar Impulse 2 samolyoti Nyu-Yorkka parvoz qildi
Quyosh batareyalarida ishlaydigan Solar Impulse 2 samolyoti Lixay-Vellida biroz ushlanib qolgach, Amerikaning yirik shahri tomon parvoz qilishni boshladi, deb xabar qilmoqda loyiha tashkilotchilarining Twitter’dagi sahifasi.
«Andre Borshberg Lixay-Vellidan Nyu-Yorkka uchishni boshladi! Ozodlik haykali, biz ikki soatdan so‘ng ko‘rishamiz!», – deyiladi xabarda.
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli ushlanib qolgan Solar Impulse 2 Jon Kennedi aeroportiga qo‘nishi kerak. Samolyot Atlantika okeani ustidan amalga oshiradigan parvozidan avval, Nyu-York shahriga qo‘nib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Solar Impulse 2 2015 yil 9 mart kuni Abu-Dabida o‘zining yer yuzi bo‘ylab sayohatini boshlagan edi. U allaqachon Ummon, Hindiston, Myanma, Xitoy, Yaponiya va AQShda bo‘ldi. Uni navbati bilan ikki uchuvchi Andre Borshberg va Bertran Pikar boshqarmoqda.