Sport | 21:26 / 11.06.2016
15378
1 daqiqa o‘qiladi

Kun futbolkasi: Aka-uka Chakalarning onasi o‘z farzandlariga qanday muxlislik qildi?

Albaniya - Shveytsariya o‘yinida Yevropa chempionatlari tarixida ilk marotaba aka-ukalar bir-biriga raqib terma jamoalar tarkibida maydonga tushishdi.

25 yoshli Taulant Chaka Albaniya terma jamoasi, 23 yoshli Granit Chaka esa Shveytsariya terma jamoasida o‘ynadi.

Ularning ota-onasi etnik jihatdan Kosovo albanlari bo‘lib, 1989 yilda Shveytsariyaga qochqin maqomida kelishgan. Aka-ukalarning ikkisi ham Bazel shahrida tug‘ilgan va ikkisi ham Shveytsariya terma jamoasi safida o‘ynagan. Lekin keyinchali Taulant Albaniya terma jamoasi safida o‘ynashni tanladi.

Ularning onasi stadionga tashrif buyurib, Shveytsariya va Albaniyaning birlashtirilgan bayrog‘i surati tushirilgan futbolkada o‘g‘illarini qo‘llab-quvvatladi.