Sport | 14:43 / 11.06.2016
5065
1 daqiqa o‘qiladi
Messi: Panama bilan o‘yin murakkab kechdi - maydon maysasi ancha o‘sgan ekan
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Amerika Kubogi — 2016 turniri guruh bosqichida Panamaga qarshi kechgan uchrashuvdan (5:0) keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.
Jarohatidan tiklangan Messi o‘yinning 61-daqiqasida maydonga chiqdi va 26 daqiqa ichida xet-trikni rasmiylashtirdi.
«Men barchaga qo‘llab-quvvatlab turishgani uchun minnatdorchilik bildiraman, ayniqsa stadionga kelgan muxlislarga. Og‘riqlar o‘tib ketdi. Argentina jamoaviy futbol namoyish etdi, o‘yin shiddatli va murakkab kechdi, chunki maydon maysasi ancha o‘siq ekan. O‘yin og‘ir kechdi, lekin biz o‘zimiz istagan natijaga erishdik. Jamoa yaxshi ishlamoqda. 2ta o‘yinda 2ta g‘alaba qayd etdik — bu juda zo‘r ko‘rsatkich», — deya Messidan iqtibos keltiradi Goal nashri.