Jahon | 08:54 / 11.06.2016
6771
2 daqiqa o‘qiladi

NATOning Polshadagi sammiti beton devorlar ortida o‘tadi

Polsha poytaxti Varshavada NATO sammiti o‘tkaziladigan joyda uzunligi 1,5 km lik vaqtinchalik beton devor o‘rnatiladi.

Internetda politsiyaning rasmiy saytida chop etilgan buyurtmaga ko‘ra, devor balandligi 2,5 metrni tashkil qilishi mumkin va sammit bo‘lib o‘tadigan butun Milliy stadionni o‘rab olishi kerak, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.  

Uchrashuv joyiga maxsus transportning kirib-chiqishi uchun devorda darvozalar uchun bir nechta tuynuklar qoldirish rejalashtirilmoqda. 

NATOning Varshavadagi sammiti 8-9 iyulda bo‘lib o‘tadi. Sammit tashkilotchilarining aytishicha, uchrashuvga NATOning 28 ta a'zo davlati, 26 ta hamkor davlati delegatsiyalari, Yevropa Ittifoqi, BMT, Jahon banki vakillari, hammasi bo‘lib 2 mingga yaqin odam yig‘iladi.

Ma'lum qilinishicha, Sammitda muhokama qilinadigan mavzulardan biri "Rossiyani  ushlab turish" masalasi bo‘ladi. Bu haqda AQSh vakili Viktoriya Nuland ma'lum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish