Texnologiya | 14:31 / 11.06.2016
3939
1 daqiqa o‘qiladi

Sony PlayStation 4 ning yanada kuchli versiyasi ustida ish olib borganini tasdiqladi

Sony Interactive Entertainment ning prezidenti va bosh direktori Endryu Xaus kompaniya PlayStation 4 ning yanada kuchli versiyasi ustida ish olib borayotganini tasdiqladi. U mavjud qurilma bilan parallel ravishda sotuvga chiqadi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.

Neo deb nomlangan yangi qurilma 4K ni qo‘llab-quvvatlaydi va hozirgi PlayStation 4 ga nisbatan kuchliroq bo‘ladi.

Endryu Xausning so‘zlariga ko‘ra, yangilangan PS4 oldingisiga qaraganda qimmatroq bo‘ladi. U ko‘proq xardkor-geymerlarga va 4K-televizori borlarga ma'qul tushadi.
Bosh direktorning ma'lum qilishicha, ushbu ikkita qurilma yangi avlod qurilmasi ishlab chiqarilgunga qadar, parallel ravishda sotiladi va qo‘llaniladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish