"Uka akaga qarshi". Granit Chaka o‘yindan oldin akasiga maktub yozdi
Shveytsariya terma jamoasi futbolchisi Granit Chaka o‘zining Instagram sahifasiga Yevropa chempionatining 1-turi doirasida Albaniyaga qarshi o‘yindan oldin ta'sirli maktub joylashtirdi.
U bugungi o‘yinda o‘ziga raqib bo‘ladigan akasi Taulant Chakaga murojaat qilgan va u bilan bolalikdagi suratini keltirgan.
"Aka, sen va men hamisha barcha ishni birgalikda qilganmiz. Qanaqa ish bo‘lishidan qat'i nazar. Bugun ilk marta aksincha bo‘ladi: biz bir-birimizga qarshi ish qilamiz, maydonga raqiblar sifatida tushamiz. Umid qilamanki, bu birinchi va oxirgisi. Men umid qilamanki, 90 daqiqa davomida raqib bo‘lsakda, aka-ukaligimizni yoddan chiqarmaymiz. Futbol o‘yini bizning do‘stligimiz, bizning birodarligimizga zarracha ta'sir qila olmaydi. Senga o‘yinda omad tilayman. Hamisha salomat bo‘l. Sen hamisha men uchun o‘rnak bo‘lgansan", deb yozgan Granit Chaka.