Jahon | 10:59 / 12.06.2016
6282
1 daqiqa o‘qiladi

Dubay hukumati noma'lum dron tufayli 2 soat vaqtga amirlik havo hududini yopdi

Dubay aviatsiyasi ma'muriyati 11 iyun kuni Dubay aeroporti hududida noma'lum uchuvchisiz uchish qurilmasi paydo bo‘lgani tufayli amirlik havo hududini 2 soat muddatga yopib qo‘ydi. Bu haqda Dubay aeroportlari uyushmasida ma'lum qilingan.

Xabarda qayd etilishicha, havo hududining yopilishi 69 daqiqa davomida bir necha reyslarning qoldirilishiga olib kelgan.

Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasida qayd etilishicha, Dubay havo kengliklarida bunday qurilmalar harakatlanishi taqiqlanganiga qaramasdan uning Dubay aeroporti hududida paydo bo‘lgani sabablarini o‘rganish boshlangan.