Sport | 08:21 / 12.06.2016
5747
2 daqiqa o‘qiladi

Dzyuba: jahon futboli yetakchilari bilan tengma-teng o‘ynayotganimizni his qildik

Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba Yevro-2016’da Angliya terma jamoasiga qarshi uchrashuvga izoh berib o‘tdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Rossiya uchrashuvning 92-daqiqasida Vasiliy Berezutskiyning goli evaziga hisobni tenglashtira oldi.

"Inglizlar uchayotgan dastlabki daqiqalar eng murakkab bo‘ldi. Biz hujum sur'atiga dosh bera olganimizdan keyin, to‘pni nazorat qilishni boshladik, biroq juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik, to‘plar autlarga ketaverdi. Fikrimcha, kurash, tajovuz va xohishda biz hech qancha yutqazmadik. Balkim, futbol va omad yutuqqa chanqoqlik uchun bizni taqdirlagandir. Biz oxirigacha harakat qildik, intizomli va qat'iy o‘ynadik. Biz bir jamoa bo‘ldik va mashaqqatli gol ura oldik. Biz juda baxtiyormiz, biroq bo‘shashmaymiz. Rejamizni 50-60 foizga bajardik. Mudofaada qat'iy o‘ynaydik, biroq hujumda yana qo‘shadigan narsalar bor. Biz ko‘proq imkoniyatlar yarata olamiz va yaratishimiz kerak. Eshkaklarni tashlash kerak emas, bor kuchimiz bilan ishlaymiz. Jahon futboli yetakchilaridan biri bilan tengma-teng o‘ynayotganimizni his qildik. Ular bilan o‘ynasa bo‘ladi. Bunday dimlikda yaxshi sur'atni saqlab qoldik, barcha o‘z ishini eplay oldi va yaxshi ishladi", deb aytdi Dzyuba "Match TV" efirida.

Manba: Tribuna.uz