16:59 / 12.06.2016
9122

Yevropa chempionatida uchinchi kun. Germaniya va Ukraina o‘yinidan onlayn translyatsiya

Yevropa chempionatining 12 iyun kuniga belgilangan uchrashuvlari boshlanish arafasida. Dastlab Parij shahridagi «Park de Prens» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 18:00da Turkiya va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlanadi.

Bugun shuningdek, S guruhida Polsha Shimoliy Irlandiya bilan, Germaniya esa Ukraina bilan o‘ynaydi.

Polshaliklarning britanlarga qarshi uchrashuvi Nitstsa shahridagi 35000 muxlisga mo‘ljallangan "Alyants Rivera" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Soat 00:00da esa Germaniya va Ukraina uchrashuvi start oladi. 

Bu uchrashuvlardan Tribuna.uz internet-nashri matnli onlayn uyushtiradi.

MATNLI TRANSLYaTsIYaGA O‘TISh>>

Top