Hojson Berezutskiy haqidagi savoldan keyin tutaqib ketdi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Hojson Yevro-2016 turniridagi Rossiyaga qarshi o‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida o‘yin oxirida hisobni tenglashtirgan rossiyaliklar himoyachisi Vasiliy Berezutskiy haqidagi savoldan keyin asabiylashdi.
Bu vaziyatda rossiyalik jurnalistlardan biri undan "Bu o‘yindan keyin Berezutskiyning familiyasini eslab qoldingizmi?" deya so‘ragan.
Ruscha berilgan savolni tarjimon orqali tinglagan murabbiy tutaqib ketgan.
"Bu jiddiy savolmi? Siz bu savolni jiddiy savol deb hisoblaysizmi?! Men Rossiya terma jamoasidagi barcha futbolchilarni yaxshi taniyman. Biz ularning har birini o‘rganib chiqqan holda o‘yinga tayyorlanganmiz. Siz bu savolingiz bilan meni haqoratladingiz. Bu orqali bugungi o‘yinga o‘z munosabatingizni ko‘rsatdingiz", degan inglizlar murabbiyi.
Rossiya va Angliya terma jamoalari turnirdagi ilk uchrashuvlarida 1:1 hisobini qayd etishdi. Marsel shahridagi "Velodrom" o‘yingohida 11 iyun oqshomida kechgan uchrashuvning 73-daqiqasida inglizlar himoyachisi Erik Dayyer jarima zarbasini golga aylantirgan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishi arafasida rossiyaliklar himoyachisi Vasiliy Berezutskiy boshi bilan Jo Hart darvozasini ishg‘ol etib hisobni tenglashtirdi.