Sport | 15:59 / 12.06.2016
7524
2 daqiqa o‘qiladi

UYeFA "Velodrom"dagi tartibsizliklar yuzasidan Rossiyaga nisbatan intizomiy ish ochdi

UYeFA "Velodrom" o‘yingohidagi tartibsizliklardan keyin Rossiya Futbol Ittifoqiga nisbatan Rossiya terma jamoasi muxlislarining Angliyaga qarshi o‘yindagi harakatlari uchun intizomiy ish ochdi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytiga asoslanib, Tribuna.uz xabar qilgan.

Rossiyalik muxlislar o‘yin yakunlanishi bilanoq tribunalarda tartibsizlik boshlashgan, irqchilik ruhidagi so‘zlar aytishgan va pirotexnika vositalaridan foydalanishgan.

Bu ish bo‘yicha 14 iyun kuni qaror qabul qilinadi.

Ayni vaqtda Angliya futbol uyushmasiga nisbatan ish ochilmagan.

Qayd etish kerakki, UYeFA "Velodrom" stadionida ro‘y bergan voqealar yuzasidan ish ochgan. O‘yin boshlanguniga qadar Marsel shahrida ro‘y bergan tartibsizliklar bo‘yicha ish ochish UYeFA vakolati doirasida emas.

Bu ishni ko‘rib chiqish jarayonida, rus fanatlari tomonidan Yevro-2012da uyushtirilgan tartibsizliklar ham inobatga olinadi va bu jazoni og‘irlashtiruvchi holat deb baholanadi.

Ehtimol qilinishicha, UYeFA rossiyalik ishqibozlar uchun turnir vaqtida o‘yinlarini yopib qo‘yishi mumkin.

Angliya-Rossiya o‘yinidan keyin tribunadagi muxlislar to‘qnashuvi videolari tarqaldi

Fotojamlanma: Rossiya — Angliya o‘yinidan keyin tribunadagi tartibsizliklar