BP: O‘zbekistonning tasdiqlangan neft zaxiralari 0,1 milliard tonnani tashkil qilmoqda
2015 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning tasdiqlangan neft zaxiralari 0,1 milliard tonnani (0,6 milliard barrel) tashkil qilmoqda. Bu haqida Britaniyaning British Petroleum (BP) kompaniyasi hisobotida ma'lum qilindi.
Hisobotga ko‘ra, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning tabiiy gaz zaxiralari 1,1 trillion kubometrni tashkil qilgan.
O‘zbekistonning isbotlangan neft zaxiralari hamda tasdiqlangan gaz zaxiralari 2014 yil bilan taqqoslaganda saqlanib qolgan.
BP ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston 2015 yilda neft qazib chiqarishni 3,1 foizga - 3 million tonnagacha pasaytirgan. Kompaniyaning ta'kidlashicha, O‘zbekiston bir sutkada o‘rtacha 64 ming barrel neft qazib chiqargan (2014 yil bilan taqqoslaganda - 3,1 foiz).
O‘zbekistondagi neft iste'moli o‘tgan yili 2014 yilga nisbatan 0,1 foizga - 2,8 million tonnagacha o‘sgan. 2015 yilda neftning sutkalik iste'moli 59 ming barrelni tashkil etdi.
BP 2015 yilda O‘zbekistonda 57,7 milliard kub metr gaz qazib olinganini ta'kidladi, bu 2014 yilga qaraganda 0,8 foizga ko‘p (57,3 milliard kub metr gaz).
2015 yilda gaz iste'moli 50,3 milliard kub metrni tashkil qildi, bu 2014 yil ko‘rsatkichlariga nisbatan 3,1 foizga ko‘p (48,8 milliard kub metr).
Britaniya kompaniyasining ta'kidlashicha, O‘zbekistondagi energiya iste'moli 2014 yildagi 50,3 million tonna neft hisobiga 2015 yilda 51,6 million tonna yoqilg‘iga ko‘paygan. Bundan 45,3 million tonna yoqilg‘i neft hisobida tabiiy gazga, 2,8 million tonna - neftga va 1,1 million tonna - ko‘mirga, shuningdek, 2,5 million tonna - gidroenergiyaga to‘g‘ri keladi.