Buxoroda “Sitorai Mohi Xosa” sanatoriysi foydalanishga topshirildi
Buxorodagi “Sitorai Mohi Xosa” sanatoriysining 200 o‘ringa mo‘ljallangan olti qavatli yotoqxona binosi mukammal ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashining manzilli dasturiga asosan, mukammal ta'mirdan chiqarilgan muassasa bir paytning o‘zida 400 dam oluvchini qabul qilish imkoniyatiga ega. Sog‘lom ona va bola yili munosabati bilan sanatoriyda 30 oilaviy xona ham tashkil etildi. Shuningdek, quruq havo bilan davolash bo‘limi faoliyati yanada takomillashtirildi.
– Bu yerda asosan buyrak kasalliklariga chalingan bemorlar davolanadi, – deydi sanatoriy bosh shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Umar Sherov. – O‘tgan yili bu yerda 7 mingga yaqin bemor shifo topgan edi. Doimiy amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.