Jahon | 15:53 / 13.06.2016
4681
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda harbiy samolyot haloqatga uchradi

Hindistonda MiG-27 harbiy samolyoti halokatga uchradi, deb xabar qilmoqda  Indian Express gazetasi. 

Hodisa Rajaston shtatida yuz bergan. Harbiy samolyotning ikki uchuvchisi ham katapulta qilishga ulgurgan. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qiruvchi samolyotning qulashi oqibatida, 2ta uyga ziyon yetgan, 3 kishi jabrlangan. 

Qayd etilishicha, o‘quv mashg‘ulot parvozlarini amalga oshirgan samolyot, havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay qulagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish