Jahon | 16:42 / 13.06.2016
4732
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Xitoyning Guandun provinsiyasida partiya mulozimi o‘zini-o‘zi o‘ldirdi

Janubiy Xitoy provinsiyasi Guandun partiya qo‘mitasi kotibiyati o‘rinbosari Lyu Syaoxua o‘z joniga qasd qildi, deb xabar qilmoqda "Sina" axborot portali.

Hozircha voqeaning boshqa sabablari, o‘zini o‘ldirishga nima asos bo‘lgani aniq emas. 

Marhum mulozim yaqinlarining aytishlaricha, so‘nggi vaqtlarda uning sog‘lig‘i yomonlashgan, bu esa Lyuning ruhiy holatiga salbiy ta'sir etgan bo‘lishi mumkin.