O‘zbekiston | 09:54 / 13.06.2016
6629
1 daqiqa o‘qiladi

OTB missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Osiyo taraqqiyot banki sog‘liqni saqlash bo‘limining Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha departamenti mutaxassisi Megan Kaunxen boshchiligidagi missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Missiya O‘zbekistonga sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish borasidagi masalalarda muzokara o‘tkazish va loyihalarning texnik tomonlarini muhokama qilish maqsadida tashrif buyuradi.

OTB vakillari, shuningdek, sog‘liqni saqlash vazirligi va sohaga oida boshqa tashkilotlar bilan loyihalarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq maslahatlashuvlarni amalga oshirishni rejalashtirishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish