Iqtisodiyot | 10:47 / 13.06.2016
6003
1 daqiqa o‘qiladi
Universal Sug’urta "Qishloq qurilish banki"ning aksiyalarini qo‘lga kiritdi
Universal Sug’urta aksionerlik jamiyati "Qishloq qurilish banki" ATBning aksiyalarini qo‘lga kiritdi. Bu haqida kompaniya xabarida ma'lum qilingan.
Universal Sug’urta aksionerlik jamiyati GEWINN-LUX mas'uliyati cheklangan jamiyatdan "Qishloq qurilish banki"ning 7 128 124 ta oddiy aksiyalarini qo‘lga kiritdi.
Sug‘urta kompaniyasining ma'lumotlariga ko‘ra, shartnoma summasi taxminan 850,029 million so‘mni tashkil qiladi.