13:07 / 14.06.2016
8222

Haydovchilar politsiyachi ayolning yo‘l yuzida o‘tirib olganidan achchiqlandi

Politsiyachi ayollardan birining Vayoming shtatidagi yo‘l yuzida o‘tirib olishi yo‘l harakati tartibining buzilishiga, haydovchilarning achchiqlanishiga sabab bo‘ldi. Haqiqatni bilishgach esa...

Aslida voqea bunday bo‘lgan edi. Bir erkak chorraha ustidagi devorga chiqib olib, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi.

Qutqarishga shoshgan ikki politsiyachi ayol erkakni o‘zini o‘limga mahkum etish fikridan qaytarishga urindi. 

Ushbu qaltis jarayon esa uch soat davom etib, yo‘ldagi avtomobillar harakatlanishi tartibiga to‘sqinlik qildi.

Politsiyachi ayollar qanday qilib bo‘lmasin, vasvasadagi erkakning ishonchiga kirishga harakat qilishardi.

Biroq yo‘lda kutib qolgan avtomobil haydovchilari erkakka jahl bilan: “Sakrasang, sakra endi!” deya o‘shqira boshladi. Vaziyat keskinlashib, politsiyachi ayollar hammasini boshidan boshlashga majbur bo‘lishdi...

Nihoyat erkak devorning xavfsiz tomoniga sakrab o‘tdi. Politsiyachi ayollar esa haydovchilarni erkakka xayrixoh bo‘lishga chaqirdi.

O‘lim haqidagi qarori qayta tug‘ilib qolmasligi uchun politsiyasi ayollardan biri bu erkakka ko‘z quloq bo‘lib yuradigan bo‘ldi.

Top