O‘zbekiston | 13:52 / 14.06.2016
7204
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Toshkentga keldi

2016 yilning 14 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni, general Jozef Leonard Votel bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSh kun tartibining ba'zi masalalari muhokama qilindi hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda AQSh Muvaqqat ishlar vakili Lessli Viguri ishtirok etdi.