Sport | 11:46 / 14.06.2016
3916
1 daqiqa o‘qiladi
“Barselona” Neymarning transferidagi qoidabuzarlik uchun 5,5 mln yevro jarima to‘laydi
Ispaniyaning “Barselona” futbol jamoasi futbolchi Neymarning “Santos” klubidan transfer qilishda yo‘l qo‘ygan xatosi tufayli 5,5 mln yevro miqdorida jarima to‘laydi. Bu haqda AFP agentligiga asoslanib Tribuna.uz xabar bermoqda.
Braziliyalik “Santos”dan “Barselona”ga 2013 yilda kelib qo‘shilgan edi. Avvaliga “Barsa” prezidenti Sandro Rossel futbolchi klubga 57,1 mln yevroga teshganligini aytdi. Keyinroq esa jamoa rahbariyati qo‘shimcha shartnoma bo‘lganini, futbolchining otasi esa, o‘g‘li bilan 100 mln yevro miqdorida shartnoma tuzilganini aytgan.
Avvalroq “Barselona” rasmiy saytida klub direktorlar kengashi Neymar bilan shartnoma tuzishda soliq rejalarini amalga oshirishda xatolikka yo‘l qo‘ygani haqida ma'lumot chiqqan edi.
Manba: Tribuna.UZ