12:07 / 14.06.2016
5712

Blatter: «Ronalduni Messi bilan solishtirib bo‘lmaydi, Lionel yaxshiroq»

FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter so‘nggi jahon chempionatida Lionel Messini qanday ruhlantirgani haqida so‘zlab berdi. 

Eslatib o‘tamiz, Argentina 2014 yilgi jahon chempionati finalida Germaniya termasidan qo‘shimcha taymlarda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Messi esa turnirning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topilgandi. U o‘yin tugashi bilan o‘ziga atalgan sovrinni olish uchun chaqirildi. 

«Messi ketar ekan «Men yaxshiman, ammo chempion emasman», deb takrorlardi. Men unga, nafaqat ushbu turnirda balki dunyo futbolidagi eng yaxshisi ekanini aytdim. Fikrimcha, Krishtianu Ronalduni Lionel bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Albatta, Messi yaxshiroq!», — deya Blatter so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sport.es nashriga asoslanib, Tribuna.UZ.

Top