O‘zbekiston | 18:03 / 14.06.2016
4969
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqda “Chimyon sadosi – 2016” xalqaro ekologik sayyohlik festivali bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Chimyon sadosi – 2016” xalqaro ekologik sayyohlik festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda. 

Mazkur festival yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, betakror tabiatimiz ne'matlarini asrab-avaylashga o‘rgatish, ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

“Biz – toza Chimyon uchun” ekologik aksiyasida Chimyon hududi turli chiqindilardan tozalandi. Bu yerda dam olayotgan sayyohlar o‘rtasida tabiatni asrash, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Festival doirasida o‘tkazilgan “Ochiq osmon ostida ekomaktab” mashg‘ulotlari ham ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Unda bioxilma-xillikni asrashga qaratilgan  qiziqarli o‘yinlar va tanlovlar tashkil etildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish