Yevro-2016. Vengriya sensatsion ravishda Avstriyani yengdi
Vengriya Yevropa chempionati guruh bosqichidagi ilk uchrashuvini Avstriyaga qarshi o‘tkazdi. Bordo shahridagi «Matmut-Atlantik» stadionidagi kechgan bahs uchrashuv arafasida favorit sifatida qaralgan avstriyaliklarning 0:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
Birinchi bo‘limda Avstriya to‘pga egalik qildi lekin xavfli vaziyatlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatkichlar teng bo‘ldi.
O‘yinning 62-daqiqasida Laslo Klyaynxaysler Adam Salaini ajoyib pas bilan ta'minladi va hujumchi aniq harakat qilib, hisobni ochdi. Bu goldan 4 daqiqa o‘tib avstriyaliklar himoyachisi Aleksandar Dragovich ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi.
O‘yin oxirida esa Zoltan Shtiber raqib jarima maydonida darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib, jamoasi ustunligini 2ta to‘pga yetkazdi.
Avstriya – Vengriya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 62 Salai, 0:2 – 87 Shteber.
Avstriya – Almer, Xinteregger, Dragovich, Fuks, Alaba, Arnautovich, Baumgartlinger, Xarnik (Shopf, 78), Yunuzovich (Zabittser, 60), Klyayn, Yanko (Okoti, 65).
Vengriya – Kiray, Guzmich, Kadar, Fiola, Lang, Djudjak, Nad, Klyaynxaysler (Shteber, 79), Gera, Nemet (Pinter, 89), Salai (Prishkin, 69).
Ogohlantirishlar: Dragovich (33), Nemet (80).
Chetlatish: Dragovich (66).