Sport | 22:15 / 14.06.2016
4379
1 daqiqa o‘qiladi

Ingliz ishqibozi besh yil mobaynida stadionga kira olmaydigan bo‘ldi

Angliya terma jamoasi va “Birmingem” futbol jamoasining 24 yashar fanati besh yil mobaynida stadionga kira olmaydigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda L'Équipe.
Unga bu hukm Yevropa chempionati doirasida kechgan Angliya va Rossiya terma jamoalari uchrashuvidan keyin (1:1) Marselda yuz bergan ommaviy tartibsizliklar tufayli chiqarilgan.
Avvalroq rossiyalik muxlis Aleksandr Shprigin sud 29 nafar rossiyalik muxlisni mamlakatdan deport qilgani haqida xabar bergan edi. Ayni damda ikki nafar rossiyalik muxlisa Fransiyadan chiqarib yuborilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish