Sport | 11:42 / 14.06.2016
5284
2 daqiqa o‘qiladi

Yozef Blatter: Qur'a tashlash marosimlarini bemalol sun'iylashtirish mumkin

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) sobiq prezidenti Yozef Blatterning bayonot berishicha, u qachonlardir Yevropa turnirlaridan biriga qur'a tashlash jarayoni adolatsiz bo‘lib o‘tganiga guvoh bo‘lgan, deb yozmoqda Argentinaning La Nacion portali.

"Sharlarni qizdirish yoki sovutish texnik jihatdan mumkin bo‘lgan narsa. FIFA qur'a tashlash marosimlarida bu narsa bo‘lmagan, ammo men shunday narsa Yevropa turniri uchun qur'a tashlanishida yuz berganiga guvoh bo‘lganman", - degan Blatter.

Uqaysi musobaqa qur'a tashlash natijasi soxtalashtirilganiga oydinlik kiritmagan. U o‘zi bunday o‘yinlarda ishtirok etmagani uchun ham vijdoni pok ekanini qo‘shimcha qilgan.

Shveytsariyalik amaldor 4 marta FIFA prezidentligiga saylangan edi. 2015 yili o‘zining so‘nggi marotaba saylanishidan 3 kun o‘tgach, iste'foga chiqishi haqida e'lon qildi. Bunga FIFA tarixidagi eng yirik korrupsiya mojarosi sabab bo‘ldi.

29 fevral kuni tashkilotning yangi prezidenti sifatida Janni Infantino saylanib, FIFAda jiddiy islohotlar boshlandi.

Manba: Tribuna.UZ