Jahon | 12:04 / 14.06.2016
6926
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘iston IIV Aqto‘be teraktlari qurbonlari soniga aniqlik kiritdi
Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Kalmuxanbet Qosimovning bayonotiga ko‘ra, Aqto‘be shahrida amalga oshirilgan terrorchilik xuruji oqibatida jami 8 kishi hayotda ko‘z yumgan.
"5 iyun kuni Aqto‘beda diniy ekstremizm va terrorizm bo‘y ko‘rsatganiga guvoh bo‘ldik… Afsuski, ushbu voqealarda 3 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bundan tashqari, 5 nafar tinch aholi vakili ham hayot bilan vidolashgan. 7 askar va 12 politsiyachi tan jarohati oldi", - deb ma'lum qilgan ichki ishlar vaziri.
Bundan avvalgi xabarlarda teraktlar 7 kishining umriga zomin bo‘lgani haqida aytilgan edi.
Qosimov, shuningdek, Qozog‘iston Aqto‘be viloyati ichki ishlar idoralari oddiy tartibga o‘tganini ma'lum qilgan.