Jahon | 22:16 / 14.06.2016
3711
1 daqiqa o‘qiladi
Tailandda mahbuslar o‘rtasida sodir bo‘lgan mushtlashuvda bir kishi halok bo‘ldi
Tailand janubidagi Surattxani viloyatida voyaga yetmagan sudlanganlar uchun axloq-tuzatish koloniyasida mahbuslar o‘rtasida sodir bo‘lgan mushtlashuvda bir kishi halok bo‘ldi, 90 kishi yaralandi. Ulardan 30 nafarining ahvoli jiddiy, deb xabar bermoqda " "Kxom Chat Lik" gazetasining internet-versiyasi.
Mushtlashuv mahalliy vaqt bilan soat 17.30da boshlandi. Mushtlashuvni to‘xtatish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun 200 nafar politsiyachi va volontyorga bir soatdan ko‘proq vaqt talab etilgan. Xabarda aytilishicha, mushltashuv sabablari hozircha noma'lum.