11:22 / 14.06.2016
3931

JAR fuqarosi Xoshimin aeroportida 1,7 kg kokain bilan qo‘lga tushdi

Vetnam huquqni muhofaza qilish organi xodimlari mamlakatga yirik miqdorda giyohvandlik moddasi olib kirishga uringan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Xoshimin politsiya boshqarmasi xabar bergan.

Giyohvand moddalar Doha orqali Xoshiminga kirmoqchi bo‘lgan 32 yashar JARlik fuqaroning yuklari orasidan topilgan. Qo‘lga olingan aybiga iqror bo‘lgan va kokainni Vetnamda 3 500 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lganini aytgan. Uning bu jinoyatiga Vetnam qonunchiligi bo‘yicha o‘lim jazosi berilishi mumkin.

Vetnamda giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi jahondagi o‘ta qattiq qonunchilik yo‘lga qo‘yilgan. Shu jinoyat bilan qo‘lga tushganlarga o‘lim jazosi xavf soladi.

Top