Jahon | 07:12 / 15.06.2016
10435
2 daqiqa o‘qiladi

11 farzandning onasi, ikki bor saratonni yenggan ona orlandolik terrorchi qo‘lidan halok bo‘ldi

11 farzandning onasi, ikki bor saraton kasalini yenggan 49 yoshli Brenda Li Markes Makkul orlandolik terrorchi qo‘lidan Orlandodagi Pulse tungi klubida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

Makkul ko‘krak saratoni va suyak to‘qimasi saratoni bilan kurashib kelgan va ikki marta ham bu kasallikni yenga olgan. 12 iyunda ayol Pulse tungi klubiga o‘g‘illaridan biri bilan borgan. Klubdagi otishmada ayol ikkita o‘qdan halok bo‘lgan, uning o‘g‘li esa tirik qolgan. Uning boshqa o‘g‘li GoFundMe platformasida oilasiga yordam puli yig‘ishni boshladi.

Makkul fojiadan bir necha soat oldin Facebook’dagi sahifasida klubda odamlar Lotin Amerikasi musiqasiga raqsga tushayotganlari videosini joylashtirgan edi.

AQSh tarixida odamlarning eng yirik ommaviy o‘qqa tutilishi oqibatida 49 kishi halok bo‘ldi, 53 kishi yaralandi. FQB ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatni amalga oshirishda gumon qilinayotgan Omar Matin shoshilinch xizmat telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, IShIDga ro‘yxushlik qilishini ma'lum qilgan. 3 soatlik qarshilikdan keyin terrorchi politsiya xodimlari tomonidan yo‘q qilingan. AQSh prezidenti Barak Obama ushbu jinoyatni terakt deb atagan.