Jahon | 10:48 / 15.06.2016
6836
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Sharqiy Osiyoda kemalari sonini ko‘paytirmoqchi

AQSh harbiy-dengiz kuchlari 3-floti qo‘mondonligi Sharqiy Osiyo qirg‘oqlariga turli vazifalarni bajarish uchun qo‘shimcha harbiy kemalarni jo‘natmoqchi, deb xabar bermoqda harbiy doiralardagi manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.  

"Kelgusida 3-flotning yanada ko‘proq kemalari hududga yuboriladi, deb ma'lum qildi AQSh hukumati vakili maxfiy qolish sharti bilan. U va yana bir mansabdor shaxs kemalar bir qator vazifalarni bajarishini ma'lum qildilar, biroq uning detallarini taqdim qilmadilar", deyilmoqda xabarda.

Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi eksperti Greg Polingning fikricha, qo‘shimcha harbiy kemalarning hududga yuborilishi AQSh prezidenti Barak Obamaning AQSh harbiy-dengiz kuchlarini hududda muvozanatni o‘rnatish uchun ko‘chirish rejasining bir qismi hisoblanadi.

Avvalroq AQShning ko‘p maqsadli atom suv osti kemasi Mississippi Osiyo mintaqasi bo‘ylab suzishi davomida Janubiy Koreyaning Pusan portiga kirgani ma'lum qilingandi.