Jamiyat | 20:02 / 15.06.2016
7420
1 daqiqa o‘qiladi

Alligator suv ostiga tortib ketgan bolani 50 nafar politsiyachi qidirmoqda

Huquni muhofaza qilish organlarining 50 nafarga yaqin xodimi 14 iyun kuni AQShning Florida shtati, Orlando shaharchasidagi Walt Disney World ko‘ngilochar majmuasidagi mehmonxona yaqinida alligator tomonidan suvga tortib ketilgan bolani qidirmoqda. Bu haqda voqea yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida okrug sherifi Jyerri Demings ma'lum qilgan.

“Qidiruv ishlariga dengiz piyodalarining ikkita bo‘limi biriktirilgan”, - dedi u. Sherifning so‘zlariga ko‘ra, qidiruv ishlariga vertolyotlar va gidroakustik qurilmalar jalb qilingan. “Ayni damda biz alligatorning aniq kattaligini bilmaymiz, - deb qo‘shimcha qildi Demings. – Biz bola topilmagunga qadar, qidiruvni to‘xtatmaymiz”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Nebraskadan dam olishga bu yerga kelgan oilaning bolasi ko‘l bo‘yida aylanib yurganida, yirtqich unga hujum qilgan. Bolaning otasi uni qutqarishga ulgurmagan.