Amerika kubogi 2016: Argentina Boliviyani yengib, pley-offga 9 ochko bilan chiqqan yagona jamoa bo‘ldi
Amerika kubogi guruh bosqichining so‘nggi turida Argentina Boliviyani yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Barcha gollar uchrashuvning birinchi bo‘limidi amalga oshirildi. Birinchi golni 13-daqiqada Erik Lamela jarima to‘pidan kiritgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Esekel Lavessi hisobni 2:0 ko‘rinishga olib keldi. So‘nggi golni 32-daqiqada Viktor Kuesta kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Argentina musobaqadagi guruh o‘yinlarining barchasida g‘alabaga erishgan yagona jamoa bo‘ldi.
19 iyun kuni Argentina chorak finalda Venesuelaga qarshi maydonga tushsa, guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan Chili Meksika bilan kuch sinashadi.
Amerika kubogi
Argentina – Boliviya – 3:0
Gollar: Lamela, 13 (1:0); Lavessi, 15 (2:0); Kuesta, 32 (3:0).
Ogohlantirishlar: Banega, 27; Kuesta, 90+2 – Senteno, 12; Kampos, 81; Melean, 87.