Yevro-2016. Shveytsariya Ruminiya bilan durang o‘ynab, guruh yetakchisiga aylandi
15 iyun kuni Yevropa chempionatining guruh bosqichida 2-tur doirasida A guruhi vakillari Ruminiya va Shveytsariya terma jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘yinning 18-daqiqasida Shveytsariya darvozasi tomon penalti zarbasi belgilandi. Nuqtaga yaqinlashgan Bogdan Stanku penalti aniq amalga oshirdi - 1:0.
Ikkinchi bo‘lim boshida esa shveysariyaliklar katta ustunlikka ega bo‘lishdi va 52-daqiqada Admir Mehmedi kuchli zarba bilan hisobni tenglashtirdi.
O‘yinda hisob o‘zgarmadi.
Endilikda Shveytsariya 4 ochko bilan guruh yetakchisiga aylangan. Ruminiya hisobida 1 ochko. Guruhning yana bir uchrashuvi birozdan keyin Fransiya va Albaniya o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Ruminiya – Shveytsariya 1:1
Gollar: 1:0 – 18, penalti Stanku, 1:1 – 57 Mexmedi.
Rumyniya – Teterushanu, Kirikesh, Rats (Filip, 62), Sepunaru, Grigore, Torjye, Pintiliy (Xoban, 46), Prepelitse, Kipchu, Stanku (Andone, 84), Kesheryu.
Shveytsariya – Zommer, Sher, Rodriges, Lixtshtayner, Djuru, Shakiri (Tarashay, 90), Djaka, Bexrami, Djyemaili (Lang, 83), Mexmedi, Seferovich (Embolo, 64).
Ogohlantirishlar: Prepelitse (22), Kipchu (23), Kesheryu (37), Djaka (50), Grigore (76), Embolo (90).