Jahon | 14:50 / 15.06.2016
8016
1 daqiqa o‘qiladi

Facebook’ning “Kelajakdan bashorat beruvchi” foydalanuvchisi barchani qo‘rqitib yubordi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi Pablo Rayz o‘z akkauntida Hillari Klinton AQShda birinchi ayol prezident bo‘lishi, Muhammad Ali va Prins hayotdan ko‘z yumishi haqida yozgan edi. Foydalanuvchilarni ushbu ma'lumotlar e'lon qilingan sana qo‘rqitib yubordi – 2015 yilning dekabrb oyi.

Bashoratlarning barchasi bu emas edi: u yerda, shuningdek, “gorilla uchun butun dunyo qayg‘uradi”, deb yozilgan edi. 2016 yilning 29 may kuni Tsintsinnatida hayvonot bog‘i xodimi 17 yoshli Xrambe laqabli gorillani o‘ldirdi. Jonivor barchaning ko‘z o‘ngida uch yoshli bolani o‘g‘irlab, qochgan edi. Shundan so‘ng, minglab odamlar bolaning ota-onasini jazolashni talab qilib chiqishgan edi.

Rayz 2016 yilning muhim voqealarini bashorat qilgan. Uni 170 ming marta repost qilishgan.