Jahon | 14:06 / 15.06.2016
9355
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya bosh vaziri: Mamlakat navbatdagi teraktlardan qochib qutila olmaydi

Fransiyada yaqin kunlarda yangi teraktlar sodir etilishi mumkin. Bu haqida chorshanba kuni mamlakat bosh vaziri Manyuel Vals ma'lum qildi. U  France Inter radiostansiyasi efirida ishtirok etdi.

"Fransiya kelajakda yangi teraktlarga duch kelishi oydek ravshan. Chunki biz Suriya va Iroqda o‘rnashgan va bizning mamlakatimizda o‘z harakatlarini amalga oshiruvchi terroristik tashkilotlarga qarshi chiqishimiz kerak", - deydi Vals.

Uning qayd etishicha, bunday sharoitda "terrorchilar atrofini o‘rab olib, politsiya va jandarmeriya, shuningdek, razvedka xizmatlari vositalarini ta'minlagan holda harakatni davom ettirish kerak".

Vazir bayonoti Manyavil shahri (Ivelin bo‘limi, janubi-g‘arbiy Parij)da jangari tashkilot ta'siri ostidagi radikal tomonidan politsiya ofitseri hamda uning dugonasi o‘ldirilganidan bir kun o‘tgach e'lon qilindi.

Vals jurnalistlarning bu masalaga oid savollariga javob bera turib, Larosi Abballa tomonidan amalga oshirilgan qotillik uchun dastlabki nazorat bo‘yicha politsiya harakatida «hech qanday kamchiliklar yoki beparvoliklarga yo‘l qo‘yilmagan» deya qayd etdi.  

Shu bilan birga, bosh vazir qonun siyosati tomonidan olg‘a surilgan terror harakatlarini sodir etmagan, biroq shu yo‘lda gumon ostiga olingan radikallarni vaqtinchalik ushlab turish uchun qamoqxona yaratish g‘oyasini yana rad etdi. 

«Bunday markazlarni tashkil qilish xavfli bo‘lar va terrorizmga qarshi kurashni susaytirar edi», deb hisoblaydi Fransiya bosh vaziri.