Jahon | 16:07 / 15.06.2016
5408
2 daqiqa o‘qiladi

XXR AQShning sharqiy Osiyoga harbiy kemalarini yuborish rejasiga izoh berdi

Amerika kemalarining sharqiy Osiyo sohillariga qo‘shimcha tashlanishi mintaqa barqarorligi va tinchligiga rahna soladigan bo‘lsa, Xitoy bunga qarshi chiqadi, degan XXR TIV rasmiy vakili Lu Kan.

Bundan avval, Reyter agentligi  o‘z manbasiga tayangan holda, AQSh Sharqiy Osiyo sohillariga turli vazifalarni bajarishi uchun qo‘shimcha kuchlarni yubormoqchi ekani xususida xabar qilgan, ammo ularning tafsilotlari va muddatiga oydinlik kiritmagandi. 

"AQSh amerikalik soliq to‘lovchilarning pullarini qanday sarflashni o‘zi hal qiladi. Biroq bu haraqatlar mintaqa tinchligi va barqarorligiga rahna solgudek bo‘lsa, biz qarshi chiqamiz", — deb bayonot bergan Lu Kan AQSh rejalariga fikr bildirar ekan. 

AQSh rasmiy Pekinni Janubiy-Xitoy dengizini harbiylashtirishda ayblab keladi. Ammo Xitoy hukumati bu ayblovlarni asossiz, deb ataydi. Shu bilan birga, rasmiy Vashington ushbu dengizdagi ziddiyatli hududlarni Xitoyga qarashli, deb hisoblamaydi, shu bois "xalqaro huquq doirasida dunyoning har qanday nuqtasida uchish, suzish va harakat qilish erkinligiga ega ekanini ta'kidlaydi".