Jahon | 17:31 / 15.06.2016
6091
1 daqiqa o‘qiladi

XXR jamoat xavfsizligi sobiq vazirining o‘g‘li poraxo‘rlik uchun sudlandi

XXR jamoat xavfsizligi sobiq vaziri Chjou Yunkanning o‘g‘li Chjou Bin va rafiqasi tegishli ravishda 18 va 9 yillik qamoq jazosiga mahkum etildi, deb xabar qilmoqda “Sinxua” davlat axborot agentligi. Ular poraxo‘rlik jinoyatida aybdor, deb topilgan. 2015 yili Yunkanning o‘ziga umrbod qamoq jazosi tayinlangan edi. 

Xitoyning Xubey provinsiyasi Ichan shahri sudi shunday qaror qabul qilgan. Chjou Bin biznes sohasida noqonuniy amaliyotlarni sodir etganligini ham tan olgan. 

Chjou Bin va uning onasi sud qaroriga rozilik bildirgan. Shu bilan birga, Chjou Yunkanning rafiqasi Tszya Syaoye 9 yillik qamoqdan tashqari 150 ming dollar miqdorida jarima ham to‘laydigan bo‘ldi. 

2012 yili Si Tszinpin XXR raisi lavozimiga saylangandan so‘ng, mamlakatda korrupsiyaga qarshi keng qamrovli kampaniya boshlangan edi.