Jahon | 10:16 / 15.06.2016
6756
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy harbiy kemasi Yaponiya dengiz chegarasini buzdi
Xitoy harbiy dengiz kuchlari razvedka kemasi Yaponiyaning janubiy prefekturasi Kagosimaga qarashli Kutiroerabu oroli hududi suvlariga ruxsatsiz kirdi, deb xabar qilmoqda NHK yapon harbiy ma'muriyatiga tayangan holda.
Harbiylar tarqatgan ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoy kemasi Yaponiya kemalarga qarshi samolyoti tomonidan qayd etilgan. Shundan so‘ng, kema hududni tark etib, okeanning xalqaro hududiga suzib ketgan.
Mudofaa vazirligidagi manbaning qayd etishicha, «Xitoy kemalarining Yaponiya hududiy suvlariga bevosita kirishi shu paytga qadar deyarli kuzatilmagan». Shu bois, harbiy boshqarma voqeaning sabablarini o‘rganmoqda.