Iqtisodiyot | 12:17 / 15.06.2016
6493
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy markaziy banki milliy valyuta kursini 2011 yil yanvaridan beri eng past ko‘rsatkichga tushirdi

Xitoy xalq banki (markaziy banki) mamlakat milliy valyutasi - jenminbi (yuanning rasmiy nomi)ning xorijiy valyutalarga nisbatan kursini - 0,32 foizga, ya'ni bir AQSh dollariga 6,6001 gacha tushirdi. Bu 2011 yil yanvaridan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir.

Avvalroq, XXR davlat kengashi va Xitoy xalq banki, yuan kursi barqarorligini ta'minlash zarurligi haqida bayonot berib, uni "oqilona va muvozanatli" darajada saqlab turish kerakligini uqdirgan edi.