Jahon | 19:42 / 15.06.2016
3992
2 daqiqa o‘qiladi

Irlandiyaning yirik shaharlarida bolalar maydonchalarida chekish taqiqlandi

Irlandiyada yildan-yilga chekish mumkin bo‘lgan joylar soni qisqarib bormoqda. Yil boshida esa respublikada chekuvchilar uchun yangi taqiq joriy etildi: endi ular mamlakatning yirik shaharlaridagi bolalar maydonchalarida cheka olishmaydigan bo‘ldi.
15 iyul kuni Jamoatchilik salomatligi Milliy instituti (Institute of Public Health - IPH) ushbu qaror yuzasidan olib borgan tadqiqotlari natijasini e'lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha joylashgan 80 foiz shaharda ushbu qarorga allaqachon amal qilish boshlangan. Mahalliy politsiya vakillari ushbu qaror ijrosini tezkor ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Qoidabuzarlarga 80 yevrodan 100 yevrogacha jarima solinadi.
Hisobot muallifining ta'kidlashicha, chekishga qarshi kurashish borasida Irlandiya Yevroittifoq bo‘yicha yetakchilardan biri hisoblanadi. Chekishga qarshi qabul qilingan davlat dasturlari natijasida oxirgi o‘n yil ichida mamlakatda chekuvchilar soni uch baravar qisqargan. Masalan, 2007 yil bu yerda sigaretlar qutisi bilan sotish taqiqlangan bo‘lsa, 2009 yilda esa Dublinda tamaki mahsulotlari reklamasi taqiqlangan edi.