12:11 / 15.06.2016
7367

Islandiya futbolchisi: Ronaldu halol yutqazishni bilmaydi

Islandiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Kari Arnason Portugaliyaga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin Krishtianu Ronaldu Islandiya termasiga nisbatan bildirgan tanqidiga keskin javob berdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Portugaliyalik futbolchi zaharxandalik bilan Islandiya Yevro-2016’da hech narsaga erisha olmasligini aytgan.

"Krishtianu Ronaldu achinarli holdagi omadsizdir. U yutqazishni bilmaydi. U nimani kutgandi? Biz unga qarshi "Barselona" kabi o‘ynashimiznimi? U kulgini qistadi. Bizning jamoa – shubhasiz, autsayder, biz autsayder kabi o‘ynadik. Biroq biz yutishimiz ham mumkin edi, shunchaki biroz omadimiz kelmadi.

Biz maydonda Ronalduga alohida e'tibor qaratmadik. Hamma u qanchalik abjir ekanligini yaxshi biladi, biz uni kuzatdik, biroq o‘yinimiz rejasini ataylab o‘zgartirish va Ronalduni alohida yopishga harakat qilmadik. Biz shunchaki uning bir o‘zini qoldirmaslikka harakat qildik va bu a'lo darajada ish berdi", deb Arnasonning so‘zlarini keltirib o‘tdi Goal nashri.

Top