Kerri: “AQShning Suriyaga nisbatan sabri tugamoqda”
AQSh davlat kotibi Jon Kerri rasmiy Vashingtonning Suriya mojarosi va Arab respublikasi prezidenti Bashar Asadga nisbatan sabri tugayotganidan Rossiyani ogohlantirdi, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi.
"Rossiya sabrimiz poyonsiz emasligini tushinishi kerak. Aslida, biz Asad mahkamaga tortilishini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz", — deya Kerri so‘zlarini keltiradi agentlik.
Ikki davlat o‘rtasidagi mavjud asosiy masaladan biri - bu Suriya prezidenti Bashar Asadning taqdiridir. Suriya muxolifatining bir qismi hamda ko‘plab G‘arb davlatlari Suriya kelajagida uning hozirgi yetakchisiga o‘rin yo‘q. Rossiya tomoni esa, bir necha marotaba Asad va Suriyaning hozirgi rahbariyati taqdirini faqatgina Suriya xalqi hal qilishi mumkinligini ta'kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2011 yil martidan ushbu yurtda harbiy mojaro davom etmoqda. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, buning oqibatida 220 mingdan ortiq inson hyotdan ko‘z yumgan.
Hukumat qo‘shinlari turli guruhlarga bo‘lingan jangarilarga qarshi kurashmoqda.